Joriy yil 28-mart kuni bedarak yo‘qolib, qidiruvda bo‘lgan, 1992-yilda tug‘ilgan Sh. Sulaymonovaning jasadi 5-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida, “Haqiqat” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Markaziy Mirzacho‘l” zovuridan topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ayolning bel qismiga arqon bilan beton bo‘lagi bog‘langandi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni marhuma Sh.Sulaymonovaning turmush o‘rtog‘i, Mirzaobod tumani, “Haqiqat” mahallasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan B.Qashanov sodir etganligi aniqlandi. U qo‘lga olindi.
Izoh (0)