Abduqahhor To‘xtayev O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi 2-aprel kuni “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tashkil etildi.
Ma’lumot uchun, Abduqahhor To‘xtayev 2005—2011-yillarda Toshkent shahriga, 2016-yil sentabr oyidan 2017-yil aprel oyiga qadar Jizzax shahriga hokimlik qilgan.
U 2017-yil 25-apreldan boshlab esa Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi.
Izoh (0)