• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘qituvchini ko‘cha tozalashga haydayotganlardan kim himoya qiladi?

    Sarlavha biroz erish tuyulishi mumkin. “Kim bo‘lardi, o‘zining yuqori tashkiloti-da”, dersiz. Afsuski, bu javob maorif tizimiga taalluqli emasdek ko‘rinadi.

    Foto: Komil Jalilov/ “Xalq bilan muloqot”

    Foto: Komil Jalilov/ “Xalq bilan muloqot”

    Kattaqo‘rg‘onda hasharga olib chiqilgan 23 yoshli o‘qituvchining o‘limidan so‘ng u ishlagan maktab direktori va tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi. Ularning ham bu fojiaga dahli bor, biroq “tuman ko‘chalarini supurib-sidiramiz” deya shaxsiy tashabbus ko‘rsatmagan bo‘lsa kerak? Nega haqiqiy aybdorlarni jazolash, ular qayta bunday ishlarga qo‘l urmasligiga erishish o‘rniga “gunohsiz gunohkorlar”ni qidiramiz?

    Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari majburiy mehnatga qarshi ekanligi haqida ko‘p gapiradi. Biroq negadir vazirlik shunday holatlar yuz bergan hududlar rasmiylari, aytaylik, Kattaqo‘rg‘on tumani yoki Andijon shahar hokimligiga rasman e’tiroz bildirgani, o‘qituvchilarni o‘z holiga qo‘yishni talab qilganini eslolmayman.

    Biz ko‘p sohalarda, xususan, ta’lim borasida Janubiy Koreyadan o‘rnak olishga intilyapmiz. Bu davlatda o‘qituvchilar shifokor va advokatlar qatori eng obro‘li kasb egalari uchligiga kiradi. Maktab o‘qituvchisi malakasi, ish staji va shartnoma asosida yoki muqim ishlashiga qarab, 2 mingdan 3,5 ming dollargacha maosh oladi.

    Janubiy Koreyada o‘qituvchilarning kasaba uyushmalari shu qadar kuchli, tizimidagilarni shunday tish-tirnog‘i bilan himoya qiladiki, ish beruvchilar ulardan cho‘chib, mutaxassislarni ko‘proq shartnoma asosida ishga olishga urinadi. Maktab o‘qituvchilarini boshqa ishga jalb etish hech kimning xayoliga kelmaydi, to‘g‘rirog‘i, qo‘lidan kelmaydi. Chunki avvalo qonun, qolaversa, kasaba uyushmasi ularning huquqini tog‘dek himoya qiladi.

    Savol tug‘iladi: bizning kasaba uyushmalari, xususan, ta’lim xodimlari kasaba uyushmasi nima bilan band? Ularning ishi faqat bolalarni oromgohga, kattalarni sanatoriyga yo‘llashdan iborat bo‘lmasa kerak? Tarmoq kasaba uyushmalari qachon muallimlarni obodonlashtirish yoki dalaga olib chiqishdan himoya qildi? Yoki biz jurnalistlar buni eshitmay qoldikmi?

    Yana bir mulohaza. Har bir hududda obodonlashtirish boshqarmalari faoliyat ko‘rsatadi. Shaharda bu tizimda 1200 ga yaqin odam ishlaydi. Ulardan 1000 dan ortig‘i bevosita ishchi-xodimlar, ya’ni ko‘cha tozalovchilar, qabriston xodimlari, favvoralarga qarovchilar, gul ekuvchilar, drenajchi va irrigatorlar hisoblanadi. 600 ming so‘mdan oshiq maosh oladi.

    Tumandagi obodonlashtirish boshqarmalarida 250 kishi mehnat qiladi. Ulardan 200 nafarga yaqini obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirishga mas’ul. Ularga ham 500 ming so‘mdan ko‘proq maosh to‘lanadi.

    Qolaversa, har bir shahar, tumanda jamoat ishlari jamg‘armasi tuzilgan. Shaharda 150, tumanda 100 ga yaqin kishi har oyda bu tizim orqali turli jamoat ishlariga jalb etiladi. Ularga 450-550 ming so‘m atrofida ish haqi to‘lanadi.

    Demak, viloyat markazida hokimning ixtiyorida 1200 dan ortiq, tumanda esa 300 ga yaqin obodonlashtirish ishlari bevosita vazifasi bo‘lganlardan iborat “armiya” bor ekan. Unda nega o‘qituvchi ko‘chada o‘t yulib, binolarni oqlab yuribdi? Agar shuncha ishchi kuchi ham yetmayotgan bo‘lsa, demak, yo ishlarimiz ko‘lami shu qadar katta yoki obodonlashtirish tizimida “o‘lik jonlar” ko‘p.

    OAVda o‘quvchisi yoki tarbiyalanuvchiga qo‘l ko‘tarayotgan o‘qituvchilar, tarbiyachilarga bot-bot ko‘zimiz tushadigan bo‘lib qoldi. Lavhalarni kuzata turib, balki ular ta’lim muassasalariga kanadek yopishib olgan komissiyalar, hali dala, hali ko‘chaga chiqarishlardan zada bo‘lgan, asabi qaqshagandir, degan xayolga boraman...

    Shoir Bobur Bobomurod aytmoqchi:

    Kecha o‘qituvchi chiqardi to‘rga,Bugun poygakka ham ilinar zo‘rg‘a.Muallimni qo‘ying endi holiga,Qarashsin maktabda yurt iqboliga...

    11.04.2018, 14:50   Izoh (0)   50960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.