Misrdan Ukrainaga yo‘l olgan Malta bayrog‘i ostidagi Vitaspirit tankeri Istanbuldagi tarixiy binoga borib urildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
225 metrli kema boshqaruvdagi nosozlik tufayli Bosfor qirg‘og‘ida turgan XVIII asrga mansub imoratga urilgani bildirilmoqda.
Hodisa tufayli ko‘rfazning ikki yo‘nalishida ham harakatlanish vaqtincha to‘xtatildi. Qirg‘oq himoyasi va shatakchi kemalar tankerni sohilga tortib chiqdi.
Izoh (0)