Bugun 7-aprel kuni Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Termiz shahri mezbonlik qiladigan bahslarda bir kunda o‘nta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda quyidagi bokschilar bir-biriga qarshi ringga chiqadi:
C1 guruhi
Janglar soat 19:00 da boshlanadi- 49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes
- 56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol
- 64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio
- 75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales
- 91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias
C2 guruhi
Janglar soat 22:00 da boshlanadi- 52 kg: Jasur Latipov — Xesus Roxas
- 60 kg: Shunqor Abdurasulov — Luis Kabrera
- 69 kg: Mahmud G‘oipov — Gabriel Maestre
- 81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Nalek Korbaj
- +91 kg: Bahodir Jalolov — Jordan Ernandes
Olamsport’ning ma’lum qilishicha, janglar to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda ko‘rsatilmaydi. Negaki rejaga ko‘ra bugun o‘sha vaqtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining ikki uchrashuvi — “Lokomotiv” — “Qo‘qon-1912”, “Navbahor” — “Nasaf” translyatsiyasi amalga oshiriladi.
Boks janglari esa kechki dasturlarda yozib olingan holda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)