Hozirgina “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi kunning ikkinchi uchrashuvi ham o‘z yakuniga yetdi. Bellashuv mezbon “Metallurg” jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. 2 ta gol ham ikkinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab 55-daqiqada Shahzod Shaymanov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib, Islom Isoqjonov hisobni 2:0 bo‘lishini ta’minladi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng “So‘g‘diyona” Superliganing so‘nggi o‘rnida qoladigan bo‘ldi.
Izoh (0)