O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon G‘ofurov Ispaniyaga tashrif buyurib, La Liga vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda Ispaniya chempionati musobaqalarini o‘tkazish, translyatsiya masalalari, marketing yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Omon G‘ofurov La Liga bosh direktori Xavyer Gomes bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishgani, ta’kidalanadi xabarda.
La Liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Uchrashuv so‘ngida 2020-yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La Liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, translyatsiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarga yordam beradigan bo‘ldi.
Izoh (0)