Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘shni davlatlardan ko‘proq sayyohlarni jalb qilish maqsadida turli xil usullardan foydalanmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Tojikistondagi O‘zbekistonning sayyohlik shaharlari reklamasi joylashtirilgan taksilarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Bunday reklama platformalarining mavjudligi Tojikiston aholisini O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida xabardor etish, mamlakat bo‘ylab sayohat qilishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan.
Izoh (0)