30-mart kuni Manas qishlog‘ining madaniyat saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017-yil 30-oktabridan beri viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Ergash Soliyevning lavozimidan “vazifasini bajaruvchi” qo‘shimchasi olib tashlandi — u hudud deputatlari tomonidan viloyat hokimi etib saylandi.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida Shavkat Mirziyoyevning o‘zi ham Jizzax viloyatiga hokimlik qilgan. 1996-yil 25-oktabr kuni Jizzax viloyati hokimi sifatida ish boshlagan Mirziyoyev oradan 4 yil 10 oy 7 kun o‘tib Samarqand viloyati rahbarligiga o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)