Amerikalik diplomatlarning Rossiyadan chiqarib yuborilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning yanada yomonlashuvini keltirib chiqaradi, deb yozadi “Gazeta.ru” Oq uy matbuot xizmatiga tayanib.
“Rossiyaning amerikalik diplomatlarni quvib yuborish bo‘yicha xatti-harakatlari Rossiya-Amerika munosabatlarining yanada yomonlashuviga olib keladi”, — deyishdi matbuot xizmatida.
Shu bilan birga, Oq uy fikricha, shu hafta boshida AQSh tomonidan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi “Rossiyaning Buyuk Britaniya hududidagi hujumiga munosib javob” bo‘lgan.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya AQShning “Skripal ishi” bo‘yicha harakatlariga javoban Qo‘shma Shtatlar Sankt-Peterburgda bosh konsullik ochishiga rozilikni qaytarib olishi va 60 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini aytgan edi.
Izoh (0)