Rossiya AQShning “Skripal ishi” bo‘yicha harakatlariga javoban Qo‘shma Shtatlar Sankt-Peterburgda bosh konsullik ochishiga rozilikni qaytarib oladi va 60 nafar amerikalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Vazir Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborgan boshqa davlatlarga nisbatan ham shunday choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Rossiya TIV AQSh diplomatlari badarg‘a qilinishini tasdiqladi. Ulardan 58 nafari Moskvadagi vakolatxona va ikki nafari Yekateringburgdagi konsullik xodimidir.
Diplomatlar 5-aprelgacha Rossiyani tark etishi lozim. Sankt-Peterburgdagi bosh konsullik binosi esa 1-aprelgacha bo‘shatib qo‘yilishi talab qilindi.
Izoh (0)