Vladimir Putin o‘n nafar o‘zbekistonliklarga Rossiya fuqaroligini berish haqida farmon imzoladi, deb xabar qilmoqda Sputnik huquqiy ma’lumotlar rasmiy portaliga tayanib.
Rossiya prezidenti umumiy hisobda 63 kishiga fuqarolik berish haqida farmon imzoladi. Ular orasida o‘zbekistonliklardan tashqari, yetti nafar Ukraina fuqarolari, olti nafardan Armaniston va Tojikiston fuqarolari, Afg‘oniston, Belarus, Ozarbayjon va Moldova respublikalaridan besh nafardan, Vyetnamdan – uch kishi, Qozog‘istondan – ikki kishi, Isroil, Serbiya, Xitoy, Livan va Qirg‘izistondan – bir kishi bor. Undan tashqari Rossiya federatsiyasi hududida tavallud topgan to‘rt kishi bor.
Farmonda aytilishicha, ushbu shaxslar fuqarolik qasamyodini qabul qilganidan keyin Rossiya fuqarosi pasporti beriladi. Voyaga yetmaganlar esa ularning ota-onalari tomonidan qasamyod qilinganidan keyin fuqarolikni qabul qiladi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti o‘z qarori bilan uch kishini fuqarolikdan chiqardi. Ular latviyalik, sankt-peterburglik va kaliningradlik sobiq fuqarolardir.
Izoh (0)