Bristol qirollik sudi sudyasi o‘z uyida 250 ta qo‘lbola portlovchi qurilmani saqlagan erkakni uch yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “RIA Novosri” xabar berdi.
Riko Fernandes ismli 29 yoshli erkak bombalar bilan birga, uyida o‘q-dorilar uchun konteynerlar, bronejiletlar, shuningdek, portlovchilar tayyorlash uchun kimyoviy moddalar saqlagan.
O‘q-dori ombori o‘tgan yilning kuzida portlovchi qurilmalardan biri ishlab ketgan vaqtda aniqlangan. Portlash joyida ishlagan o‘t o‘chiruvchilar va politsiyachilar uyni ko‘zdan kechirgan va qo‘shnilarni evakuatsiya qilgan. Fernandesning o‘zi portlash oqibatida kuchli kuygan va ikki haftani kasalxonada o‘tkazgan.
Ma’lum qilinishicha, Fernandesning terroristik maqsadlari bo‘lmagan, u shunchaki portlovchi moddalarga qiziqqan. Portlash esa tasodifan yuz bergan.
Izoh (0)