23-mart, juma kuni Sharqiy Gutadan 4,3 mingga yaqin tinch aholi vakili chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Oldinroq Rossiyaning mojaro tomonlarini yarashtirish markazi vakili Vladimir Zolotuxin “Muhayyam al-Vafodin” nazorat punkti yaqinida tashkil etilgan gumanitar yo‘lak orqali 3 mingdan ortiq fuqaro Sharqiy Gutani tark etganini bildirgandi.
SANA agentligi bu raqamga aniqlik kiritdi va ularning soni 4300 kishini tashkil etganini ma’lum qildi.
Izoh (0)