Seul ma’muriyati ishda ushlanib qolmasliklari uchun juma kunlari xodimlarining kompyuterlari o‘chirib qo‘yilishini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Tashabbus 30-martdan boshlanadi, uch oy davom etadi va uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqichda kompyuterlar 20:00, ikkinchisida — aprel oyida 19:30 va uchinchisida — may oyida har juma 19:00 da o‘chiriladi.
Meriya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kompyuterlarning avtomatik tarzda o‘chirilishi barcha xodimlarga taalluqli bo‘ladi. Faqat favqulodda holatlarda istisnoga yo‘l qo‘yiladi.
Shunisi ham borki, davlat xizmatchilarining 67 foizi o‘zlarini kompyuterlarni majburiy o‘chirish dasturiga kiritmaslikni so‘ragan.
Izoh (0)