Turkiyaning Anqara shahrida dunyodagi eng katta pahlava tayyorlandi va u Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Pahlava Anqara savdo palatasi tomonidan tashkil qilingan TravelExpo uchinchi xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi va gastronomik festivali doirasida namoyish etildi.
Rekordni o‘rnatish uchun gastronomik festivalga butun Turkiyadan kulinariya ustalari yig‘ildi. Oshpazlar bir tayyorlashda maxsus pechda 515 kilogrammli pahlavani tayyorladi.
Izoh (0)