Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi Ahillik ko‘chasida 20-mart kuni soat 23:00 atrofida qarindoshlar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
1979-yilda tug‘ilgan O‘.Turg‘unov uydagi mojaro asnosida birga yashagan jiyani, 1995-yilda tug‘ilgan B.Turg‘unovning yuziga qo‘li bilan uradi va u boshi bilan yerga yiqiladi.
B. Turg‘unov 21-mart kuni kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 22-mart kuni hayotdan ko‘z yumdi.
O‘.Turg‘unov qo‘lga olindi.
Izoh (0)