O‘zbekistonda Damas mikrovenlarini bosqichma-bosqich yo‘nalishlardan olib, ularning o‘rniga Peugeot mikroavtobuslari harakatini yo‘lga qo‘yish dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda “News.Mail.ru” xabar bermoqda.
Peugeot mikroavtobuslari Jizzaxda ishlab chiqariladi. Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive O‘zbekiston – Fransiya avtomobilsoz zavodi mashinalarning ilk partiyasini 2018-yil dekabrida yetkazib berishi rejalashtirilmoqda.
Zavodda ikki model ishlab chiqariladi — Peugeot Boxer (10–12 modifikatsiyada) hamda Peugeot Expert (yetti modifikatsiyada). Birinchi model yiliga 3 ming, ikkinchisi — 13 ming adadda ishlab chiqariladi.
Izoh (0)