Liviyaning marhum yetakchisi Muammar Kaddafining o‘g‘li Sayfulislom mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida qatnashish uchun nomzodini ilgari surdi. Bu haqda uning vakili Ayman Buras ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Sayfulislom Muammar al-Kaddafi bo‘lajak prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘yib hokimiyatga emas, balki mamlakatni qutqarishga intilmoqda”, — dedi uning vakili.
Oldinroq milliy kelishuv hukumati tashqi ishlar vaziri Tohir Siyala Liviya prezidenti saylovi 2018-yil o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi mumkinligini bildirgandi.
Izoh (0)