Ukrainada Su-25 hujumchi samolyotining 29 yoshli uchuvchisi Vladislav Voloshin o‘z joniga qasd qildi, deb yozadi Meduza. Uni Rossiyada Donbassda urib tushirilgan Malayziya “Boeing”iga hujum qilganlikda ayblashgan edi.
Nikolayev viloyati politsiyasi rasmiy xabarida kommunal korxonalardan birining direktori vazifasini bajaruvchi o‘zini o‘ldirganligi aytiladi, uning ism-sharifi keltirilmagan.
Vladislav Voloshin Donbassdagi Ukraina harbiy operatsiyasida qatnashgan. U 33 ta jangovar parvozni amalga oshirib, “Jasorat uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Avvalroq Donetsk yaqinidagi “Boeing” halokati ishi bo‘yicha xalqaro tekshiruv guruhi samolyot Ukrainaga Rossiya hududidan yetib kelgan “Buk” zenit-raketali majmuadan urib tushirilgan, degan xulosaga kelgandi. Ekspertlar fikricha, Su-25 “Boeing”ni urib tushirgan bo‘lishi mumkin emas, chunki u uchgan balandlikka hujumchi samolyot ko‘tarila olmasdi.
Izoh (0)