Ostonaning Astana Opera teatrida O‘zbekiston yilining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Shavkat Mirziyoyevni Qozog‘istonning birinchi darajali “Do‘stiq” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari yaxshilik va ahillikning timsoli bo‘lgan xalqlar do‘stligini, ajdodlar merosini asrash va rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
“Tarixan birligimiz, ma’nan yaqinligimiz bugungi zamonning murakkab masalalarini hamkorlikda hal qilish, yangi avlodlar kelajagini birgalikda bapro etishimizga yordam beradi. Biz mintaqamizda hamisha tinchlik va farovonlik hukm surishi uchun umumiy uyimizni, farzandlarimizni kelishmovchilik va boshboshdoqlikdan asrashimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)