O‘zbekistonda 2018-yil 1-apreldan elektr energiyasi narxlari oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJga tayanib, UzNews xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 1 kilovatt/soat elektr energiyasi narxi 11,89 foizga oshib 228,6 so‘mni tashkil etadi. Hozirda esa 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun 204,3 so‘mdan to‘lanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun tariflar narxi 2017-yilning iyulida oshirilgan edi.
Izoh (0)