• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda I Xalqaro matbaa forumi bo‘lib o‘tmoqda

    Toshkent shahrida 14-mart kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda “A2 Digital” MChJ hamkorligida tashkil etilgan “Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” mavzusidagi I Xalqaro matbaa forumi boshlandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ikki kun davom etadigan ushbu forumda AQSh, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlaridagi yirik matbaa korxonalarining, jumladan dunyoga mashhur HP VIP Systems ESKO, Scodix kabi kompaniyalarning vakillari ishtirok etmoqda.

    Forumda qatnashayotgan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimidagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi matbaa korxonalarining rahbarlari va xodimlari mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or xorijiy tajriba, ijodiy g‘oya va ishlanmalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. O‘z navbatida chet ellik mehmonlarning “O‘zbekiston” va G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “A2 Digital” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishishi ham rejalashtirilgan.

    Shuningdek, ular O‘zbekistonda matbaa sohasini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, matbaa korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qimmatli tavsiya va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

    Forum doirasida O‘zbekistonda matbaachilik sohasiga tadbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ham matbaachilik sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli boshqaruv organi sifatida innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni keng joriy etish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, shu orqali mahsulotlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish, bu borada davlat korxonalari bilan bir qatorda, xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

    Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bois agentlik tizimidagi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Germaniyaning KBA kompaniyasida ishlab chiqarilgan 8 bo‘yoqli chop etish uskunasi, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida Heidelberg kompaniyasining Speedmaster ofset usulida chop etish uskunasi va boshqa bir qancha ish jarayonlarini boshqarishda qulaylik yaratadigan zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatildi.

    Shu bilan bir qatorda, “A2 Digital”, “Kolor Pak”, “Niso poligraf”, Ofset Print, Sano-standart, Credo Print group kabi xususiy korxonalar ham ishlab chiqarishni modernizatsiya qilib, matbaa bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqda. Ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham xaridorlar soni yildan-yilga ortib bormoqda.

    Matbaachilik sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida ushbu soha faoliyatiga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy qilinmoqda. Yoshlar, ayniqsa, o‘quvchilar 3D formatli, integral muqovali daftarlarning beqiyos imkoniyatlaridan unumli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

    14.03.2018, 16:13   Izoh (0)   6900
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyatida bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi

    14.03.2018, 15:51

    O‘zbekistonda o‘tgan haftada yuz bergan YTHlarda 125 kishi tan jarohati oldi

    14.03.2018, 15:40

    Openbucks kompaniyasi rahbari Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

    14.03.2018, 15:29

    Aprel oyidan boshlab Ostona—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    14.03.2018, 15:18

    19 ming dona taqiqlangan tramadol dori vositasini O‘zbekistonda sotishga uringanlar ushlandi

    14.03.2018, 15:07

    Dehli shahri jome masjidi Said Ahmad Buxoriy: O‘zbekistonda islom dinini rivojlantirishga qaratilgan ishlar tahsinga loyiq

    14.03.2018, 14:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.