Olmaotada o‘ldirilgan egizaklarning uch yoshli ukasi Ravil Volchenkoni buvisi O‘zbekistonga olib ketdi, deb xabar berdi “Kazinform”.
Muzlatgichdan topilgan egizaklar jasadi bo‘yicha olib borilgan sud ishiga ko‘ra, ularning kichkina ukasi Ravil Volchenko bolalar uyiga joylashtirilgan. Shundan so‘ng vasiylik bo‘limi bolakayning O‘zbekistonda yashaydigan buvisini qidirishga tushgan. U Qozog‘istonga yetib kelishi bilan DNK tahlili o‘tkazilgan va Nuriya Gilmutdinova uning qarindoshi ekanligini tasdiqlangan.
“Sud Nuriya Gilmutdinovani 2015-yilda tug‘ilgan Ravil Volchenkoga vasiy etib tayinlash bo‘yicha hukm chiqardi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Shu bilan birga, Medeu tumani vasiylik va homiylik organlari tomonidan bolakayning onasi — Alla Volchenkoni onalik huquqidan mahrum qilish bo‘yicha ariza topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil oxirida sud Volchenkoning turmush o‘rtog‘i, O‘zbekiston fuqarosi Emil Gilmutdinovni maksimal xavfsizlik ta’minlangan koloniyada o‘tash sharti bilan 20 yilga, Volchenkoni — o‘rtacha xavfsizlik ta’minlangan koloniyada o‘tash sharti bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Izoh (0)