Jizzax viloyat IIBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari imkoniyatlari cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning biometrik pasportlarini ularning uylarida rasmiylashtirmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun ichki ishlar idoralariga kelib, biometrik pasportni rasmiylashtirish ma’lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuni inobatga olgan holda, IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari, mobil qurilmalardan foydalangan holda, shunday fuqarolarimiz uchun biometrik pasportlarni rasmiylashtirish va hujjatni topshirish jarayonlarini ularning uylarida amalga oshirmoqda.Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati
Qayd etishlaricha, xuddi shunday tadbirlar Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi mehnatga layoqatsiz va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib o‘tgan. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari mobil vositalar yordamida ularga biometrik pasportlarni rasmiylashtirgan.
Shuningdek, ushbu tadbirlar davomida fuqarolarga pasportdan foydalanish qoidalariga rioya etish, pasportdan foydalanish tartibini buzish, vaqtida qayd etmaslik kabi holatlar oldini olish bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Izoh (0)