O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalariga qabul jarayonini yanada takomillashtirish, sinovlar shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida 2018—2019-o‘quv yili uchun imtihonlarga o‘zgartirishlar kiritdi. Bu haqda idora matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Imtihonlar quyidagi tarzda o‘tkaziladi:
O‘rta maxsus islom bilim yurtlari uchun:
Ma’naviyat va ma’rifat (og‘zaki, ijodiy imtihon) 75,6 ball;
Xorijiy til (test sinovi) 111,6 ball;
Tarix (test sinovi) 39,6 ball.
O‘rta maxsus islom bilim yurtlariga umumiy o‘rta ta’lim ma’lumoti to‘g‘risidagi shahodatnoma (11-sinf), akademik litsey yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi uchun:
Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 75,6 ball;
Fiqh va aqoid (test sinovi) 111,6 ball;
O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 39,6 ball.
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga o‘rta maxsus islom bilim yurtlarini tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjatga (diplom) ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va qabul imtihoni o‘tkazish muddatlari qo‘shimcha e’lon qilinadi.
Izoh (0)