Xitoy Yaponiya tomonining “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi loyihalaridagi ishtirokini ma’qullaydi. Bu haqda XXR savdo vazirligi rahbari Chjun Shan ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“ ‘Bir kamar — bir yo‘l’ tashabbusi ochiq, inklyuziv va shaffofdir. Yaponiya ushbu tashabbus doirasidagi hamkorlik imkoniyatlariga muntazam qiziqish bildirib keladi”, — dedi Chjun Shan.
U Xitoy Yaponiyaning “Bitta kamar — bitta yo‘l” tashabbusi loyihalarida ishtirok etishini ma’qullashini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz, shuningdek, mazkur tashabbus loyihalari doirasida Yaponiya tomoni bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga umid qilamiz”, — dedi savdo vaziri.
Izoh (0)