Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Xo‘jaqiya-2 mahallasida yashovchi Nafsin Mo‘llayev (ism-familiya o‘zgartirilgan) ov qurolini 200 ming so‘mga qonunga xilof ravishda sotayotganida ichki ishlar idorasi xodimlari tomonidan ushlandi, deb xabar berdi O‘zA.
Nafsin Mo‘llayev “IJK” rusumli bir stvolli, 20-kalibrli hujjatsiz o‘qotar qurolni qayerdan olgani va qanday maqsadda pullashga uringani IIB xodimlarida qiziqish uyg‘otgan. Ayni paytda Mo‘llayevga nisbatan O‘zbekiston Rspublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda qurol, o‘q-dori, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga zid saqlash, unga egalik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Izoh (0)