9-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. O‘zbekiston Prezidentini Tojikistonda qanday kutib olishdi? Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tilida nashr etilgan kitobini sovg‘a qildi.
2. Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masala qolmadi. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif etdi.
3. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘ini rasman ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi Amuzang chegara posti ham ochildi.
4. O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab plastik kartadan dollar yechib olish mumkin bo‘ladi. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi internetga muhokamaga joylashtirildi.
5. Toshkentda — Tashkent City, Farg‘onada — Fergana City (foto va video). Vodiydagi ushbu xalqaro ishbilarmonlik qurilishi qachon boshlanib, qachon yakuniga yetkazilishi hozircha noma’lum.
6. Video: Yunusobodda joylashgan avtoturargohda Captiva va Prado yonib ketdi. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)