“Toshshaharnur” davlat unitar korxonasi joriy yildan boshlab Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari, turar-joy mavzelari, mahalla ko‘chalaridagi eski rusumdagi yoritgichlarni zamonaviy nurdiodli energotejamkor yoritgichlarga almashtirish ishlarini olib bormoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yoritпichlarni yoqib-o‘chirish va nazorat qilish kompyuter tizimi yordamida markaziy dispetcherlik xizmati orqali olib boriladi. Buning natijasida ko‘cha chiroqlari uchun sarflanayotgan elektr energiyasidan yiliga 31 million kilovatt tejaladi. Har bir mahalla, turar joy mavzelari, ko‘chalarda chiroqlarning doimiy yonishi ta’minlanadi.
Barcha ishlar joriy yil noyabr oyida tugatiladi. Korxona ko‘cha yoritish tizimlarida sozlash va ishga tushirish ishlarini bajarish davrida yoritgichlarning o‘chib-yonishida vaqtinchalik nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib, kuzatilishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari ko‘payib ketishiga ko‘chalarning tunda yaxshi yoritilmagani sabab bo‘layotgani tanqid qilingandi.
Izoh (0)