O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Unga muvofiq, innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni Prezident tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanadigan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturi belgilab beradi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash maqsadida:
- innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondlari;
- innovatsion va/yoki venchur fondlari yaratiladi.
Shuningdek, innovatsion mahsulot muallifiga yuridik shaxsdan yil yakunlariga ko‘ra, ushbu mahsulotni sotishdan tushgan sof daromadning kamida 10 foizi miqdorida mukofot puli berilishi ko‘zda tutilgan. Bu sotish boshlangan vaqtdan buyon 5 yil davomida amalga oshiriladi.
Izoh (0)