2018-yilning 1-mart kuni Yunusobod tumanidagi “Tandir” kafesining tomi qulab tushdi. Bu vaqtda kafeda 20 ga yaqin mijoz bo‘lgan, deb xabar berdi UzNews.
2018-yil 1-mart kuni soat 21:00 da Yunusobod tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1991-yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan fuqaro Komiljon Nazarov, 1997-yilda tug‘ilgan Shahzodbek Muratov kafe tomining qulashi oqibatida tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan surishtiruv natijasida fuqarolar “Tandir” milliy taomlar kafesiga kirish yo‘lagining chap tomon burchak qismidagi 29-raqamli stolda o‘tirib ovqatlanayotgan bo‘lgani va shu kuni kafening tom qismi ularning ustiga qulab tushgani aniqlandi.
Izoh (0)