Toshkent viloyatining Ohangaron tumani, Mamayqo‘rg‘on mahallasi hududida viloyat IIB YHXB YPX inspektori B.Sayfiddinov J.Madaliyev boshqaruvidagi VAZ-21011 rusumli mashinani to‘xtatdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
YPX inspektori J.Madaliyevdan avtomobil hujjatlarini so‘raganida u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmadi va hujjatlarni taqdim etmadi.
Shundan so‘ng B.Sayfiddinov haydovchini Olmaliq shahrida joylashgan tibbiy ekspertiza markaziga mastlik holatini qayd etish uchun uning mashinasida olib boradi. Yo‘lda J.Madaliyev inspektordan chetga to‘xtatishni so‘raydi. Keyin esa inspektorning orqa tomonidan kelib, tosh bilan urib jarohat yetkazadi va voqea joyidan yashirinadi.
YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rilgan choralar natijasida J.Madaliyev qo‘lga olindi.
Izoh (0)