O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi Toshkent davlat sirkining sobiq bosh direktori, O‘zbekiston xalq artisti Bahrom Majidovni qidiruvga berdi, deb yozadi UzNews.
Xabarda qayd etilishicha, 1955-yil 11-dekabr kuni tavallud topgan Bahrom Majidov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismida keltirilgan jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib qidiruvga berilgan.
Bahrom Majidov uzoq yillar mobaynida O‘zbekiston davlat sirkining rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)