Qirg‘izistonda YTHga uchragan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Botken viloyatining Qadamjoy tumani hududiy shifoxonasi ma’lumotlariga asoslanib, “Turmush” xabar berdi.
Farg‘onalik 33 yoshli fuqaro 25-fevral kuni Qirg‘izistonning Oqtuproq qishlog‘ida yo‘l-transport hodisasiga uchragan edi. U o‘zining Matiz avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va ag‘darilib ketgan.
Fuqaroga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilganiga, jarohat yetgan boshi operatsiya qilinganiga qaramay, 27-fevraldan 28-fevralga o‘tar kechasi olamdan o‘tgan.
Marhumning jasadi uning yaqinlari tomonidan olib ketilgan.
Izoh (0)