Bugun, 1-mart kuni Samarqand viloyati va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi “Jartepa” avtomobil o‘tkazish punkti ochiladi, deb xabar berdi O‘zA.
Ayni paytda mazkur maskanning ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Unda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etadi.
Izoh (0)