Porsche kompaniyasi o‘z tarixidagi beshta eng yengil sportkarni tanladi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.
To‘plamda beshinchi o‘rinni 2.7 Carrera RS kupesi egalladi. Avtomobil 1973-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning vazni 975 kilogrammni tashkil qiladi. To‘rtinchi qatordan 675 kilogramm vazn bilan 1966-yilda ishlab chiqarilgan Porsche 906 Carrera 6 joy olgan.
1951-yilda ishlab chiqarilgan va 640 kilogramm vaznga ega 356 SL uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Ikkinchi o‘rinni esa 1959-yilda ishlab chiqarilgan Porsche 718 Formel 2 456 kilogramm bilan egallagan.
Kompaniyaning eng yengil sportkari sifatida 384 kilogrammli 909 Bergspyder qayd etilgan.
Izoh (0)