Fiat Chrysler Automobiles avtomobil konserni dizel dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishni 2022-yilga qadar to‘liq to‘xtatadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Rasman to‘rt yillik dastur 1-iyunda e’lon qilinadi. Kutilishicha, konsern Jeep, Ram, Dodge, Chrysler, Maserati, Alfa Romeo va Fiat brend guruhlaridagi barcha modellarga dizel dvigatellari o‘rnatishni bosqichma-bosqich to‘xtatadi. Tijoriy avtomobillarga istisno qo‘llanilishi mumkin.
Izoh (0)