Rim rasmiylari dizel dvigatelli avtomobillarga shaharning tarixiy markaziga kirishni man etish niyatida. Bu haqda Italiya poytaxti meri Virjiniya Raji ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bunday qoida 2024-yildan boshlab joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
“Iqlim o‘zgarishi hayot tarzimizni ham o‘zgartirmoqda. Dunyoning boshqa yirik shaharlari qatori Rim ham o‘ziga ma’lum majburiyatlar olish va dizel avtomobillarini man etishga qaror qildi”, — ta’kidladi Virjiniya Raji.
Izoh (0)