Joriy yil 22-martdan qatnovi yo‘lga qo‘yiladigan Toshkent—Baliqchi —Toshkent yo‘lovchi poyezdi uchun chiptalar sotuvi boshlandi. Bu haqda “Qirgiz temir yo‘li” kompaniyasi ma’lum qildi.
Kompaniyaga ko‘ra, Bishkekdan Toshkentgacha plaskart vagonlariga chipta 2500 qirg‘iz so’mi (36,74 dollar), kupega 3378 qirg‘iz so’m (49,64 dollar), lyuks vagonlarga 6432 qirg‘iz so’mdan (94,51 dollar) sotiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga qarashli Toshkent—Baliqchi –Toshkent yo‘lovchi poyezdi haftada bir marta qatnaydi. Poyezd Toshkentdan haftaning payshanba kuni jo‘naydi va Bishkek hamda Baliqchiga ertasiga yetib boradi. Toshkentga esa shanba kuni yo‘l oladi.
Poyezd tarkibi 7 kupe, 3 plaskart vagon va vagon-restorandan iborat.
Izoh (0)