“O‘zbekiston temir yo‘llari” tomonidan 2017-yilda 67,93 million tonna yuk tashildi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi yig‘ilishi davomida ma’lum qilindi.
O‘tgan yili jamiyat tomonidan 21,59 million yo‘lovchi manziliga yetkazildi. Bu 2016-yilga nisbatan 630 ming kishiga ko‘p. Toshkent metrosidan esa 61,9 million yo‘lovchi foydalandi.
Hisobot davrida tarmoq korxonalari tomonidan jami 717,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 2203 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ko‘mir sanoati korxonlari 4,17 million tonna ko‘mir ishlab chiqardi. Bundan 4,5 million tonnasi iste’molchilarga yetkazib berildi.
Izoh (0)