O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovi miqdori pasaytiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi O‘zA.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki barobar pasaytiriladigan bo‘ldi.
Izoh (0)