AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining EA-18G Growler samolyoti ekipaji parvoz davomida kuchli muzlashga duchor bo‘ldi. Bu haqda Defense News xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Sietldan 90 kilometr masofada 7 600 metr balandlikda yuz berdi. Havo kemasi Vashington shtatidagi Uidbi-Ayleng bazasidan Kaliforniyadagi Chayna-Leyk bazasiga yo‘l olgan edi.
Samolyotda haroratni boshqarish tizimi ishdan chiqqanligi ta’kidlanmoqda. Oqibatda kabinadagi harorat minus 30 darajagacha tushib ketdi va tuman bilan qoplandi. Buning natijasida samolyotdagi uchuvchi va muhandis uning tashqarisini ko‘rish va datchik hamda kompaslar ko‘rsatkichlarini kuzatib borish imkonidan mahrum bo‘ldi.
Yuz bergan hodisa tufayli ekipaj samolyot yo‘nalishini aqlli soatlar yordamida dispetcherlar bilan taqqoslab, EA-18G Growler’ni Uidbi-Aylengga qaytarishga majbur bo‘ldi. Bazaga yetib kelgan uchuvchi va muhandisda kuchli sovqotish belgilari aniqlandi.
Izoh (0)