UzDaily nashri sayohatchi va suratkash Marat Najiboyev bilan birgalikda “O‘rganilmagan O‘zbekiston” dasturi orqali Toshkent viloyatida joylashgan Tovoqsoy qishlog‘ida safar uyushtirib, u yerning ajoyib manzaralari tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.
“Navbatdagi sayohatimizda Tovoqsoyga yo‘l oldik. Ushbu maskan tabiat tomonidan yaratilgan go‘zal sharshara va kanyonlar o‘rin olgan O‘zbekistonning bir burchagi. Chegara yaqinligi sabab u yerga faqatgina maxsus ruxsatnoma yordamida borish mumkin. Safar Tovoqsoy daryosi yaqinidagi qishloq va qorga burkangan tog‘ yonbag‘ridan boshlanadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)