2018-yilning 1—2-mart kunlari Toshkentda Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 14-majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Qo‘chqorov ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Ashxobodda bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida so‘zladi, deb xabar berdi UZ24.
Shuningdek, elchining ma’lum qilishicha, 7-martdan boshlab ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanadi, mart oxiriga esa O‘zbekiston sanoati mahsulotlarining Turkmanistonda ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Brifing doirasida O‘zbekiston elchixonasining Turkmaniston fuqarolari va diplomatik korpus vakillari uchun Buk Tour (Xorazm) va Authentic Travel (Buxoro) sayyohlik kompaniyalari bilan birgalikda yaratilgan “Sehrli va ertaknamo Xiva” hamda “Amirlik poytaxtiga sayohat” nomli turpaketlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 6-mart sanasida Turmanistonga davlat tashrifini amalga oshirgandi.
Izoh (0)