Farhod Ro‘ziyev “O‘zbektelekom” AK bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
U ushbu lavozimda Shuhrat Qodirovni almashtirdi. Yangi rahbarni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev tanishtirdi.
Farhod Ro‘ziyev mazkur tayinlovga qadar Sarkor Telekom kompaniyasi direktori, shuningdek, Winncom Technologies kompaniyasining (AQSH) O‘zbekistondagi vakolatxonasida ishlagan.
U 2011-yili Uzonline loyihasi mualliflaridan biri bo‘lgandi.
Izoh (0)