Meksika milliy avtonom universitetida (UNAM) sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Pais’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, universitet qo‘riqlash xizmati jarohat olganlarni aniqlab, tibbiyot xodimlarini yordamga chaqirgan. Ular tezda shifoxonaga yetkazilgan, biroq olingan tan jarohati sababli vafot etgan.
Ayni vaqtda tergov ishlari olib borilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, noxush hodisa givohvandlik moddalariga aloqasi bor jinoiy guruh o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab sodir bo‘lgan. Halok bo‘lganlar universitet talabasi yoki xodimi emasligi aniqlandi.
Izoh (0)