BMT Xavfsizlik kengashi 23-fevral kuni Suriyada 30 kunlik rejimda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz beradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kengash yig‘ilishi Toshkent vaqti bo‘yicha 21:00 ga belgilangan.
Rezolyutsiya qabul qilingandan 72 soat o‘tib kuchga kirishi lozim bo‘lgan yarashuv rejimi IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiyalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Hujjat matniga, shuningdek, mojaroning barcha tomonlari, jumladan, Suriya hukumatiga xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga rioya etish talablari kiritilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)