Namangan viloyat FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga 21-fevral, soat 14:52 da Namangan shahri, Madaniy-maorif mahallasida uy tomiga o‘tin olish uchun chiqqan katta yoshdagi ayol hushini yo‘qotgani haqida xabar berildi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot-tahlil xizmati ma’lum qildi.
Mas’ul navbatchi podpolkovnik I.Ibragimov boshchiligida 4 nafar qutqaruvchi soat 15:05 da belgilangan manzilga yetib bordi.
Voqea joyidagi vaziyat o‘rganilganda, 1956-yilda tug‘ilgan R.Umarova qon bosimi ko‘tarilishi natijasida hushini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.
R.Umarova tomdan olib tushilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi. Uning hayoti saqlab qolindi.
Izoh (0)