19-fevral kuni “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Munosabat” ko‘rsatuvining navbatdagi soni o‘g‘rilikning oldini olish va unga qarshi kurashishga bag‘ishlandi.
IIV akademiyasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 28 foizdan ortig‘i o‘g‘rilik jinoyatini tashkil etadi. Tadqiqotlar markazi Toshkent shahar kesimida 559 ta o‘g‘rilikni o‘rganib chiqib, o‘g‘riliklar sodir bo‘layotgan joylarni tahlil qildi.
Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p o‘g‘rilik xonadonlarda sodir bo‘lmoqda — jami o‘g‘riliklarning 20,8 foizi. Undan keyingi o‘rinlarni podyezdlar (17,3%) va bozorlar (13,3%) egalladi.
1 foiz o‘g‘rilik masjidlarda amalga oshirilgan. Eng kam o‘g‘rilik sodir etilgan joylar ro‘yxatiga shuningdek, istirohat bog‘lari (0,7%), mehmonxonalar (0,7%), tungi klublar (0,5%), choyxonalar (0,5%) va dorixona (0,2%) kirdi.
Izoh (0)